14:55 / 24.11.2016
5 688

Istomin Astana Challenger turnirining yarim finaliga chiqdi

Istomin Astana Challenger turnirining yarim finaliga chiqdi

Qozog‘istonning Ostona shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi "Chellenjer" turkumidagi turnir davom etmoqda.

Astana Challenger "Capital Cup" turnirining ikkinchi raketkasi bo‘lgan Denis Istomin chorak final uchrashuvida serbiyalik Nikola Miloshevichga qarshi kortga chiqdi. Birinchi set 6:2 hisobida Istomin foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi setda esa Nikola jarohati sabab kortga chiqmadi. Shu tariqa hamyurtimiz deyarli qiyinchiliksiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, deb yozadi uz24.uz.

Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 142-, Miloshevich esa 209-o‘rinni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Istomin Astana Challenger turnirining yarim finaliga chiqdi