22:59 / 24.11.2016
5 900

O‘zbekiston Kubogi–2016 finali uchun chiptalar sotuvga chiqarildi

O‘zbekiston Kubogi–2016 finali uchun chiptalar sotuvga chiqarildi

Shu yilning 30 noyabr, chorshanba kuni Samarqand shahridagi “Dinamo” stadionida O‘zbekiston Kubogi—2016 final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Final uchrashuvining boshlanish vaqti soat 13:00 ga belgilangan.

Qarshining “Nasaf” jamoasi allaqachon final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Jamoanin finaldagi raqibi “Bunyodkor”/”Lokomotiv” jamoalarining yarim final javob uchrashuvidan keyin aniqlanadi. Ushbu uchrashuv 26 noyabr, shanba kuni “Bunyodkor” stadionida soat 14:00 da boshlanadi.

Final uchrashuvi tashkilotchilari tomonidan uchrashuvga hozirdan chiptalar tayyor qilindi. Qashqadaryolik futbol ishqibozlari uchun qulaylik yaratish maqsadida, ushbu chiptalar bugundan Qarshi shahridagi “Markaziy” stadion chiptaxonalari orqali sotuvi boshlandi. Chiptalar narxi 10 000 so‘mdan qilib belgilangan.

Xabarda ta’kidlanishicha, chiptalar miqdori chegaralangan bo‘lib, Qarshida 27 noyabrgacha sotiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Kubogi–2016 finali uchun chiptalar sotuvga chiqarildi