09:31 / 25.11.2016
7 101

O‘zbekistonning mashhur futbolchisi vafot etdi

O‘zbekistonning mashhur futbolchisi vafot etdi

Toshkentda «Paxtakor» jamoasi sobiq o‘yinchisi Ravshan Yunusov vafot etdi, deb xabar qilmoqda sport jurnalisti va yozuvchi Mavlon Shukurzodaning ma’lumotlariga asoslangan holda sputnik O‘zbekiston.

Keksa futbolchi oxrgi vaqtlarda og‘ir xasta edi. Uning ikkala o‘pkasida ham saraton asorati — metastazalar paydo bo‘lgan edi. «Bugun ertalab, mashhur o‘zbek futbolchisi, 60 yillar «Paxtakor» jamoasining yorqin o‘yinchisi vafoti haqidagi xabarni eshitish men uchun og‘ir bo‘ldi. Mening yoshimdagi futbol ishqibozlari ushbu ajoyib o‘yinchini yaxshi bilishadi. U Gennadiy Krasniskiy, Berador Abduraimov, Yuriy Pshenichnikov, Vilgelm Kaxarov, Xamid Raxmatullaev, Baxadыr Ibragimov, Tulyagan Isakov, Axrol Inoyatov, Vyacheslav Soloxo va boshqa mashhur futbolchilar bilan birga to‘p surgan edi», — deb yozdi Shukurzoda.
Uning so‘zlariga qaraganda Ravshan aka ko‘ngilchan va istarasi issiq inson bo‘lgan. U bilan suhbatlashish ko‘ngilga xush yoqqan.
«U kishining vafoti bilan o‘zbekistonliklar «Paxtakor» 60 yillar jamoasining bir bo‘lagini yo‘qotishdi. Ravshan Yunusovning yaqinlariga o‘zimning chuqur ta’ziyamni bildiraman», — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz Ravshan Yunusov «Paxtakor» jamoasida SSSR futbol chempionatida ishtirok etgan edi. Uning Leningradning «Zenit», Moskvaning «Dinamo» va Erevanning «Ararat» jamoalariga qarshi o‘yinlari ko‘pchilikning esida qolgan. U mashhur darvozabon Lev Yashinga gol urishni uddalagan mahalliy futbolchilardan biri edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonning mashhur futbolchisi vafot etdi