18:22 / 17.03.2015
4 678

«Barselona» burchak va jarima zarbasi vaqtida basketbol uslubidan foydalanmoqda

«Barselona» burchak va jarima zarbasi vaqtida basketbol uslubidan foydalanmoqda

“Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike burchak to‘pi va jarima zarbasi yuzaga kelgan vaqtda hujumdagi samaradorlikni oshirish maqsadida basketbol taktikasidan foydalanmoqda, deb yozadi uff.uz.

Buning uchun “Barselona” murabbiylar shtabi futbolchilar bilan raqiblarni to‘sib qolish va zarba berish uchun bo‘sh xudud ochishni takomillashtirish borasida ish olib bormoqdalar. Bu borada eng yorqin misol Lionel Messi tomonidan “Eybar” darvozasiga kiritilgan golni ko‘rsatish mumkin. Mark Bartra va Jerar Pike jarima zarbasi vaqtida raqibning ikki futbolchisini to‘xtatib qoldilar va ularga jarima maydonchasi markaziga o‘tishga yo‘l qo‘ymadilar. Shundan so‘ng ular darvoza tomon yaqinlashganlar va himoyachilarni o‘zlarini ta’qib qilishga majbur qilganlar. Oqibatda jarima maydonchasi ichitad Messiga bosh bilan zarba berish imkoniyati paydo bo‘lgan.

Xuddi shunday uslub himoyada ham qo‘llanilmoqda. “Barselona” 25 oktyabrdan buyon standart vaziyatlardan gol o‘tkazib yubormayapti.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» burchak va jarima zarbasi vaqtida basketbol uslubidan foydalanmoqda