Vitaliy Denisov o‘z vaqtida Angliya grandi safiga o‘tishi mumkin edi

  • 30 noyabr 2016, 01:01
  • 4 530
  • Sport
  • Vitaliy Denisov o‘z vaqtida Angliya grandi safiga o‘tishi mumkin edi

    «Lokomotiv» va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov o‘z vaqtida Angliya premer-ligasining etakchilaridan biri safida to‘p surish imkoniga ega bo‘lgani haqida gapirdi.

    «O‘z vaqtida Londonning «Arsenal» klubi ko‘rigida bo‘lganman. U erda bir yarim hafta mobaynida ko‘rikdan o‘tganman. O‘sha paytlari jamoada yulduzlar Terri Anri, Dennis Bergkamp, Fredrik Yungberg kabi futbolchilar to‘p surardi.

    Afsuski u erda hujjatlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan. Ish vizasi va boshqa boshqa muammolar. Xullas bu transfer amalga oshmagan», deya gapirib o‘tdi Denisov.

    » » Vitaliy Denisov o‘z vaqtida Angliya grandi safiga o‘tishi mumkin edi