Nike kompaniyasining Nyu-Yorkdagi etakchi do‘konlari (Nike SoHo va NIKE+ ClubHouse) o‘zi bog‘ichlanuvchi HyperAdapt 1.0 krossovkalarini sotishni boshladi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
Bugunda krossovkalarni oldindan yozilib qo‘yganlargina sotib olishlari mumkin. 20 dekabrdan krossovkalarni Chikago, Los-Anjeles va San-Fransiskodagi do‘konlardan sotib olish mumkin bo‘ladi. Krossovkani shuningdek smartfonlar uchun NIKE+ dasturi orqali sotib olish ham mumkin.
Ushbu antiqa poyabzalning ilk sohiblaridan biri aktyor Maykl Bakari Jordan bo‘ldi va u poyabzal qutisini ochish videosini feysbukda chop etdi.
Krossovkaning narxi 720 dollarni tashkil qiladi. Ushbu poyabzal boshqa davlatlarda qachon savdoga chiqishi hozircha ma’lum qilinmagan.
Avtomatik bog‘ichlanuvchi HyperAdapt 1.0 krossovkalarining ishlab chiqarilishi boshlanishi haqida 2016 yil mart oyida e’lon qilingandi. Krossovkaning prototipi o‘tgan yil oxirida namoyish qilingan va ushbu krossovkaning yaratilishiga sabab bo‘lgan "Kelajakka qaytish" filmidagi bosh qahramon rolini ijro etgan aktyor Maykl J.Foksga sovg‘a qilingan. Ushbu filmda aktyor ijrosidagi bosh qahramon Marti Makflay shunday krossovkalarni 2015 yilga tushib qolganda topib oladi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi