«Real» Ramosning so‘nggi daqiqadagi goli evaziga «Barselona» bilan jangovar durang qayd etdi

  • 03 dekabr 2016, 22:14
  • 4 016
  • Sport
  • «Real» Ramosning so‘nggi daqiqadagi goli evaziga «Barselona» bilan jangovar durang qayd etdi

    Ispaniya chempionati 14-turidan o‘rin olgan “Barselona” va “Real” o‘rtasidagi o‘yin o‘z yakuniga etdi. Unda 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

    Uchrashuvning birinchi bo‘limi deyarli tengkurashlar ostida o‘tdi. “Real”, xususan Ronaldu bir necha vaziyatlarga ega bo‘lgandi, ammo gol ura olmadi. Messi esa jarima zarbasidan unumli foydalana olmadi.

    Ikkinchi bo‘limda ham “Real” o‘yinni faol boshladi. Bir necha vaziyatlarda ter Shtegen yaxshi harakat qildi.

    Ammo o‘yindagi ilk golni Luis Suares kiritdi. 53-daqiqada Neymarning jarima zarbasidan uzatgan to‘pini Luis Suares boshi bilan Keylor Navas darvozasiga aniq yo‘lladi – 1:0.

    “Real” vaziyatni o‘nglash uchun bir qancha harakat qildi. O‘yin yakunida Serxio Ramos jarima zarbasidan uzatilgan to‘pga boshi bilan aniq zarba berib, hisobni tenglashtirdi.

    Manba: www.fut.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Real» Ramosning so‘nggi daqiqadagi goli evaziga «Barselona» bilan jangovar durang qayd etdi