Gvardiola «Chelsi»ga qarshi o‘yin oxiridagi janjal uchun uzr so‘radi

  • 04 dekabr 2016, 14:00
  • 3 995
  • Sport
  • Gvardiola «Chelsi»ga qarshi o‘yin oxiridagi janjal uchun uzr so‘radi

    «Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining 14-turida «Chelsi»ga qarshi kechgan uchrashuv oxirida yuzaga kelgan mushtlashuv uchun uzr so‘radi. U shu bilan birga jamoasi hujumchisi Serxio Agueroni himoya qilib chiqqan.

    Shanba kuni oqshomida Etihad o‘yingohida kechgan uchrashuvda «shaharliklar» jamoasining 1:3 hisobidagi mag‘lubiyati qayd etildi. O‘yin oxirida ikki jamoa futbolchilari Aguero va David Luisning to‘qnashuvidan keyin ommaviy janjal boshlagandi.

    Gvardiola ikki futbolchisining chetlatilishini ham haqqoniy qaror deb hisoblaydi. Shu bilan birga uning fikricha, Aguero qasddan bunday qo‘pollik qilgan deb hisoblamaydi.

    «O‘yin bu tarzda tugagani afsuslanarli bo‘ldi. Menga bu kabi narsalar yoqmaydi, kechirim so‘rayman.

    Aguero David Luizni qasddan urdi deb o‘ylamayman. Ular ikkisi ham baquvvat. Keyin Fernandino Agueroga yordamga keldi.

    «Bornmut» bilan o‘yinda xuddi shu ishni Nolito qilganida qizil kartochka olgan va 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilingandi. Shuning uchun, Fernandino jamoadoshini raqibdan himoya qilish uchun etib kelgandi.

    Men u bilan bu haqida gaplashmadim. Agar bu vaziyat kameraga tushgan bo‘lsa, nima bo‘lganini ko‘ramiz», deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirgan Sky Sports.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Gvardiola «Chelsi»ga qarshi o‘yin oxiridagi janjal uchun uzr so‘radi