22:09 / 06.12.2016
6 080

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyida Gruziya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyida Gruziya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2017 yilning 21-24 yanvar kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladigan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Gruziya termasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur uchrashuv 2017 yilning 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bo‘lajak o‘yin O‘zbekiston terma jamoasi uchun JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.

Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12 fevral kuni Turkiyaning Antaliya shahrida Armaniston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

Qayd etish kerakki, Gruziya terma jamoasi Evropa qit’asidan JCh–2018 saralash bosqichi “D” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, 2 ochko bilan 6 ta jamoa orasida 5-o‘rinda bormoqda.

Samvel Babayan murabbiyligi ostidagi terma jamoa JCh–2018 uchinchi saralash bosqichi o‘yinlarini 2017 yilning 23 mart kuni Suriyaga qarshi safardagi o‘yin bilan davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan so‘ng 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Guruh peshqadami Eron hisobida 11 ochko, ikkinchi o‘rinda borayotgan Janubiy Koreyada 10 ochko mavjud.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy terma jamoasi yanvar oyida Gruziya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi