22:20 / 06.12.2016
4 841

«MYu» rahbariyati jamoa qayd etayotgan natijadan rozi va Mourinoni qo‘llaydi

«MYu» rahbariyati jamoa qayd etayotgan natijadan rozi va Mourinoni qo‘llaydi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino klub rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Garchi mankunianliklar so‘nggi 26 yilda eng yomon start qayd etayotgan bo‘lsalar ham, murabbiy rahbariyat ishonchini yo‘qotmagan.

Bosh ustiga klub rahbariyati oxirgi bahslarda jamoa o‘yinidagi o‘sishdan xursand. Ayniqsa o‘tgan mavsum Lui van Gal boshchiligida namoyish etilgan o‘yindan ko‘ra hozirda o‘sishga erishilgani aytilmoqda.

- Jamoa o‘yinida o‘sish borligidan klub rahbariyati xursand. Endi natijalar ham yaxshi tomonga o‘zgarishiga hamma ishonmoqda, - deydi nomi sir qolishini istagan "MYu" vakili.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda "Manchester Yunayted" Premer ligada 6-o‘rinda bormoqda.

Manba: www.championat.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «MYu» rahbariyati jamoa qayd etayotgan natijadan rozi va Mourinoni qo‘llaydi