Avval xabar berganimizdek, Xalqaro Boks Assosiasiyasi (AIBA) yilning eng yaxshi bokschisini aniqlash uchun Twitter ijtimoiy tarmog‘i orqali so‘rovnoma e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, uch nomzod boks bo‘yicha yilning eng nufuzli sovriniga da’vogarlik qilayotgandi, deb xabar qilmoqda Kun.uz sayti.
- Hasanboy Do‘smatov – Rio 2016 Olimpiada o‘yinlarining oltin medal sohibi (O‘zbekiston)
- Robeysi Ramires – Rio 2016 Olimpiada o‘yinlarining oltin medal sohibi (Kuba)
- Daniyar Eleussinov - Rio 2016 Olimpiada o‘yinlarining oltin medal sohibi (Qozog‘iston)
Biroz avval yakuniga etgan so‘rovnomada barcha to‘plangan ovozlarning 77 foizini qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov “Yilning eng yaxshi bokschisi” sovriniga loyiq deb topildi.
Agar, Xalqaro Boks Assosiasiyasi (AIBA) “yilning eng yaxshi bokschisi”ni aniqlash uchun qayta so‘rovnoma o‘tkazmasa, sovrin joriy yilning 20 dekabr kuni Hasanboy Do‘smatovga topshiriladi (chunki so‘rovnomada dunyo bo‘ylab 1,234 nafar foydalanuvchi ishtirok etgan, xolos).
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov Braziliyada bo‘lib o‘tgan Olimpiadada 49 kg.gacha vazn toifasida kolumbiyalik Yuberxen Martines Rivasni engib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Biroz avvalroq, Hasanboy Do‘smatov va boks murabbiyi Ravshan Xadjaev "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Ukraina bosh vaziri: “Agar Rossiya g‘alaba qozonsa, Uchinchi jahon urushi boshlanadi”