01:20 / 11.12.2016
5 694

«Lester» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni ishonchli tarzda taslim etdi

«Lester» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni ishonchli tarzda taslim etdi

Angliya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan “Lester” – “Manchester Siti” uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.

Unda 4:2 hisobi qayd etilib, “tulkilar“ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Lester“ birinchi bo‘limning dastlabki 20 daqiqasidayoq “Siti”ni “nokaut“ holatiga jo‘natdi.

Dastavval, 3-daqiqada Jeymi Vardi hisobni ochdi. Oradan 2 daqiqa o‘tar-o‘tmas King jarima maydonchasi tashqarisidan ajoyib zarba yo‘llab, Bravoni ikkinchi bor ranjitdi.

15-daqiqa o‘tib, Jeymi Vardi chililik darvoza bilan yakkama-yakka vaziyatda, uni chiroyli aldab o‘tib, to‘pni bo‘sh qolgan darvoza to‘riga qiyinchiliksiz joylab qo‘ydi – 3:0. Tanaffusga qadar aynan shu hisob saqlanib qoldi.

Tanaffusdan so‘ng 78-daqiqaga kelib yana angliyalik hujumchi Vardi o‘zining uchinchi golini kiritib, xet-trik qayd etdi. Bunga oradan to‘rt daqiqa o‘tib Kolarov javob qaytardi – 4:1.

Zahiradan maydonga tushgan Nolito esa Gvardiola jamoasini yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa, “Lester” o‘z maydonida “Manchester Siti”ni ishonchli tarzda taslim etdi.

Angliya chempionati
15-tur

Lester – Manchester Siti 4:2 (3:0, 1:2)

Gollar: 1:0 – 3 Vardi, 2:0 – 5 King, 3:0 – 20 Vardi, 4:0 – 78 Vardi, 4:1 – 82 Kolarov, 4:2 – 90 Nolito.
Lester – Siler, Morgan, Fuks, Simpson, Xut, King, Amarti, Olbrayton, Marez, Vardi (Grey, 88), Slimani (Okadzaki, 78).
Manchester Siti – Bravo, Stounz, Sanya, Sabaleta, Kolarov, de Bryuyne, Fernando, Gyundogan (Nolito, 68), Navas (Sterling, 58), Silva, Ixeanacho (Ture, 58).
Ogohlantirishlar: Simpson (19), Marez (57), Fernando (67).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lester» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni ishonchli tarzda taslim etdi