02:48 / 11.12.2016
5 516

La Liga 15-tur. Ramos so‘nggi daqiqalarda «Real»ga g‘alaba keltirdi

La Liga 15-tur. Ramos so‘nggi daqiqalarda «Real»ga g‘alaba keltirdi

Ispaniya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan «Real» - «deportivo» o‘yini juda qiziqarli o‘tdi.

Birinchi bo‘limda gol urilmadi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida Morata uzoq masofadan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Shundan so‘ng, himoyadagi qo‘pol xatolar tufayli «Real» ikki daqiqada ikki gol o‘tkazib yubordi. 84-daqiqada Mariano Dias boshi bilan aniq zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Ramos burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

La Liga, 15-tur

Real Madrid – Deportivo 3:2 (0:0)

Gollar: 1:0 – 50 Morata, 1:1 – 63 Xoselu, 1:2 – 65 Xoselu, 2:2 – 84 Dias, 3:2 – 90 Ramos.
Real Madrid – Navas, Pepe, Nacho, Danilo (Marselo, 81), Ramos, Kazemiro, Kroos, Isko (Dias, 72), Asensio (Vaskes, 66), Xames, Morata.
Deportivo – Tыton, Sidney, Albentosa, Navarro, Xuanfran, Gilerme, Borxes, Cholak (Xoselu, 58), Xil, Babel (Fajr, 82), Andone (Moskera, 75).
Ogohlantirishlar: Borxes (25), Babel (45), Albentosa (59), Morata (70), Navas (88), Ramos (88).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga 15-tur. Ramos so‘nggi daqiqalarda «Real»ga g‘alaba keltirdi