14:51 / 11.12.2016
5 284

«Chelsi» ochkolaridan mahrum etilishi mumkin

«Chelsi» ochkolaridan mahrum etilishi mumkin

Angliyaning «Chelsi» klubi futbolchilarining ruxsat etilmagan harakatlari uchun ochkolaridan mahrum qilinishi mumkin.

APLning 14-turida «Manchester Siti»ga qarshi kechgan uchrashuv yakunida ikki tomon futbolchilari o‘rtasida janjal yuzaga kelgandi.

O‘yin oxirida Serxio Agueroning David Luizga tashlanishidan so‘ng, maydonda kelib chiqqan janjal oqibatida hakam «Manchester Siti»ning ikki futbolchisi, Serxio Aguero va Fernandinoni chetlatgandi. Bu futbolchilar keyinchalik assosiasiya tomonidan 4 va 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.

Bu holat videosida Fabregas avval Fernandinoning yuziga urgani, keyin braziliyalik futbolchi o‘zini tuta olmay qolganini ko‘rish mumkin.

Anliya futbol assosiasiyasi (FA) ikki klub o‘yinchilarining xulqi yuzasidan ish ochdi. Ammo «Chelsi» oxirgi 19 oy ichida futbolchilarining xulqi uchun 4 marta jarimaga tortilib bo‘lgan va shu sababli navbatdagi jazo chorasi sifatida «ko‘klar»dan ochko echib olinishi mumkin.

Sunday Mirror xabariga ko‘ra, «Manchester Siti»ga nisbatan bunday chora ko‘zda tutilmayapti.

Ayni vaqtda «Chelsi» 14 tur o‘yinlaridan keyin 15 turda 34 ochko to‘plagan «Arsenal» bilan birinchi va ikkinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Konte shogirdlari bugun «Vest Bromvich»ga qarshi o‘ynaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Chelsi» ochkolaridan mahrum etilishi mumkin