Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe Tokiodagi Milliy stadion uchun ilk g‘ishtni o‘rnatdi. Bu stadion 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarida foydalanilishi rejalashtirilgan.
Bloomberg xabariga ko‘ra, milliy stadion 1964 yilgi Olimpiya o‘yinlari uchun qurilgan stadion o‘rnida barpo etiladi.
Stadion qurilishi uchun 1,5 mlrd dollar sarflanadi va qurilish ishlari 2019 yilning noyabrida yakunlanadi. Ushbu stadionda Olimpiadaning ochilish marosimlari o‘tkaziladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Yaponiya hukumati Olimpiadani o‘tkazish uchun zarur infratuzilmalarni tayyorlash uchun jami bo‘lib 3 trillion iena (30 mlrd dollarga yaqin) mablag‘ sarflaydi.
Rejaga muvofiq, Tokio ma’muriyati o‘z byudjeti hisobidan sport ob’ektlari va poytaxtdagi boshqa infratuzilmalar uchun xarajatlarning 25 foizini qoplashi ko‘zda tutilgan. Tokio hududida bo‘lmagan ob’ektlar qurilishi mahalliy ma’muriyatlar yordamida Yaponiya g‘aznasidan to‘lanadi. Yaponiya rasmiylari Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun avvalboshdan 734 milliard iena (7,2 milliard dollar) sarflashni rejalashtirgan edi.
Ma’lumot uchun, Tokio–2020 Olimpiya o‘yinlari 24 iyul – 9 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Olimpiada tadbirlariga 7,5 milliondan ortiq chipta sotish ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi