07:28 / 13.12.2016
5 113

«Atletiko» kutilmaganda «Vilyarreal»ga yirik hisobda yutqazdi va oltinchi o‘ringa tushib ketdi

«Atletiko» kutilmaganda «Vilyarreal»ga yirik hisobda yutqazdi va oltinchi o‘ringa tushib ketdi

Ispaniya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal” – “Atletiko” uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.

Unda 3:0 hisobi qayd etilib, maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, birinchi bo‘limning 28-daqiqasida Trigeros mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Dos Santos Oblakni ikkinchi bor ranjitdi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Adriano Soriano raqib darvozasiga uchinchi golni ham kiritib, yakuniy 3:0 hisobini tabloda aks ettirdi.

Shu tariqa, “Atletiko” kutilmaganda “Vilyarreal”ga yirik hisobda yutqazdi va musobaqa jadvalida oltinchi o‘ringa tushib ketdi.

Ispaniya chempionati
15-tur

Vilyarreal – Atletiko 3:0 (2:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 28 Trigeros, 2:0 – 38 Dos Santos, 3:0 – 90 Soriano.
Vilyarreal – Asenxo, Mario Gaspar, Alvaro Gonsales, Ruis, Kosta, Dos Santos, Trigeros (Ndiaye, 90), Soriano, Soriano, Pato (Rodri Ernandes, 79), Sansone (Borre, 90).
Atletiko – Oblak (Moyya, 41), Xuanfran, Savich, Godin, Lyuka Ernandes, Korrea (Ferreyra Karrasko, 65), Gabi, Tiagu (Saul, 30), Koke, Gameyro, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Sansone (42), Korrea (45), Dos Santos (45), Gabi (67), Alvaro Gonsales (85), Saul (85).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Atletiko» kutilmaganda «Vilyarreal»ga yirik hisobda yutqazdi va oltinchi o‘ringa tushib ketdi