15:58 / 13.12.2016
5 949

OChL-2017 qur’asi: O‘zbekiston klublari o‘z raqiblarini bilib oldi

OChL-2017 qur’asi: O‘zbekiston klublari o‘z raqiblarini bilib oldi

Bugun, 13 dekabrda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Chempionlar Ligasi 2017 yilni mavsumi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Osiyoning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirining kelasi yilgi mavsumida O‘zbekistonning uch klubi ishtirok etadi.

O‘zbekiston chempioni va O‘zbekiston Kubogi sohibi – Toshkentning “Lokomotiv” klubi musobaqadagi ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan boshlaydi. Qarshining “Nasaf” hamda Toshkentning “Bunyodkor” jamoalari o‘tish uchrashuvlarida qatnashadi. Qarshiliklar guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi uchun ikki raqibni mag‘lub etishi kerak bo‘lsa, “Bunyodkor” bir o‘yinda g‘alaba qozonishi zarur.

“Nasaf” musobaqadagi ishtirokini 31 yanvar kuni boshlaydi. Shu kuni ular Bahraynning “Al-Hidd” jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Bir o‘yindan iborat to‘qnashuv O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. Ushbu juftlik g‘olibi guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun 7 fevral kuni Saudiya Arabistonining “Al-Fatih” klubi bilan safarda bahslashadi.

“Bunyodkor” turnirdagi ishtirokini 7 fevral kuni boshlaydi. Guruh bosqichida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritish uchun “qaldirg‘ochlar” safarda Qatarning “Al-Jaish” klubi qarshiligidan o‘tishi kerak bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, “Al-Jaish” tarkibida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zozi – Sardor Rashidov faoliyat yuritadi.

Qur’a natijalari.

Birinchi bosqich

"Global" (Filippin) - "Tampines Rovers" (Singapur)

O‘TISh BOSQIChI

G‘ARB MINTAQASI

1."Al Vihdat" (Iordaniya) - "Bengaluru" (Hindiston)

2."NASAF" (O‘ZBEKISTON) - "Al Xidd" (Bahrayn)

ShARQ MINTAQASI

3."Kitchi" (Gonkong) - "Xanoy TT" (Vetnam)

4."Bangkok" (Tailand) - "Johor Darul Ta’zim" (Malayziya)

5."Sukxotai" (Tailand) - "Yadanarbon" (Myanmar)

6."Brisben Roar" (Avstraliya) - birinchi bosqich g‘olibi

PLEY-OFF BOSQIChI

G‘ARB MINTAQASI

1."Al-Vahda" (BAA) - O‘tish bosqichi 1 g‘olibi

2."Al-Fotih" (Saudiya Arabistoni) - O‘tish bosqichi 2 g‘olibi

3."Istiqlol" (Eron) - "Al Sadd" (Qatar)

4."Al-Jayish" (Qatar) - "BUNYoDKOR" (O‘ZBEKISTON)

ShARQ MINTAQASI


5."Jeju Yunayted" (Janubiy Koreya) - O‘tish bosqichi 3 g‘olibi

6.Yaponiyaning 4-klubi - O‘tish bosqichi 4 g‘olibi

7."Shanxay SIPG" (Xitoy) - O‘tish bosqichi 5 g‘olibi

8."Shanxay Shenxua" (Xitoy) - O‘tish bosqichi 6 g‘olibi

"A" guruhi: "Al-Ahli" (BAA), "Lokomotiv" (O‘zbekiston), "Al-Tavon" (S.Arabistoni), Pley-off 3 g‘olibi

"B" guruhi: "Istiqlol Xuziston" (Eron), "Al-Jazira" (BAA), "Lahviya" (Qatar), Pley-off 2 g‘olibi

"C" guruhi: "Al-Ahli" (S.Arabistoni), "Zob Ohan" (Eron), "Al-Ayn" (BAA), pley-off 4 g‘olibi

"D" guruhi: "Ar-Rayyan" (Qatar), "Al-Hilol" (S.Arabistoni), "Persepolis" (Eron), Pley-off 1 g‘olibi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL-2017 qur’asi: O‘zbekiston klublari o‘z raqiblarini bilib oldi