Ronaldu: “Oltin to‘p” mukofotini birinchi marta qo‘lga kiritgandek hayajonlandim

  • 13 dekabr 2016, 17:03
  • 4 047
  • Sport
  • Ronaldu: “Oltin to‘p” mukofotini birinchi marta qo‘lga kiritgandek hayajonlandim

    “Oltin to‘p–2016” mukofotiga loyiq deb topilgan “Real” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

    “To‘rtinchi marta “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritish men uchun sharaf. Xuddi birinchi marta yutgandek o‘zimni his qilyapman. Orzuim yana amalga oshdi. Futsatdan foydalanib “Real” va Portugaliya termasidagi sheriklarimga minnatdorlik bildiraman.

    Men uchun shaxsiy va jamoaviy yutuqlar muhim. Har doimgidek bor kuchimni namoyish qilishga harakat qilaman. Ushbu mukofotni yutib olish oson emas va uni qo‘lga kiritganimdan xursandman. Avvallari “Oltin to‘p”ni 4 marta yutib olaman deb sira o‘ylamagan edim”, – dedi Ronaldu.

    Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu faoliyatida to‘rtinchi marta “Oltin to‘p” mukofotiga egalik qildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ronaldu: “Oltin to‘p” mukofotini birinchi marta qo‘lga kiritgandek hayajonlandim