«Barselona» o‘z maydonida «Almeriya»ni tor-mor keltirdi

  • 09 aprel 2015, 11:24
  • 4 085
  • Sport
  • «Barselona» o‘z maydonida «Almeriya»ni tor-mor keltirdi

    Ispaniya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan "Barselona" hamda "Almeriya" klublari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. Unda 4:0 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

    Dastlab o‘yinning 33-daqiqasida Lionel Messi o‘zining ajoyib texnikasi evaziga raqib jarima maydonchasiga yorib kirib, to‘pni darvozga to‘riga joylab qo‘ydi – 1:0.

    Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida Luis Suares ham o‘zining individual mahoratini namoyish etib, oradagi farqni ikkita to‘pgacha etkazdi.

    75-daqiqaga kelib, Mark Bartra burchak zarbasidan so‘ng o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi va hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

    Nihoyat, bahsing so‘nggi daqiqalarida Luis Suares Pedroning uzatmasidan so‘ng, raqib darvozasiga to‘rtinchi golni ham kiritdi – 4:0.

    Demak, mazkur ishonchli g‘alaba evaziga “Barsa” 74 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida etakchilik qilishda davom etadi.

    Ispaniya chempionati. 30-tur

    Barselona – Almeriya 4:0 (1:0, 3:0)
    Gollar: 1:0 – 33 Messi, 2:0 – 55 Suares, 3:0 – 75 Bartra, 4:0 – 90 Suares.
    Barselona: – Bravo, Dani Alves (Montoyya, 64), Bartra, Maskerano, Adriano, Rakitich (Rafinya, 67), Roberto, Xavi, Messi, Suares, Pedro.
    Almeriya: – Kuesta, Marin, Navarro, Truxilo, Kasado, Teye, Korona, Vellington (Soriano, 56), Espinosa (Mane, 79), Mendes (Zongo, 72), Bifuma.
    Ogohlantirishlar: Maskerano (43), Bifuma (55), Kasado (87), Soriano (90).

    Manba: www.uff.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Barselona» o‘z maydonida «Almeriya»ni tor-mor keltirdi