O‘zbekistonlik futzalchilardan biri OFK tomonidan 1,5 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi

  • 19 dekabr 2016, 13:24
  • 3 715
  • Sport
  • O‘zbekistonlik futzalchilardan biri OFK tomonidan 1,5 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi

    O‘zbekiston futzal terma jamoasi a’zosi, qolaversa, sobiq “Olmaliq”, ayni vaqtdagi “Ardus” klubi vakili Davron Choriev 1,5 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Qalampir.uz xabar qildi.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Davron Choriev Osiyo futbol konfederasiyasining tartib-intizom qoidasini buzgan. Natijada OFK qaroriga nisbatan hurmatsizlik qilgan Davron Chorievga 1,5 ming dollar qiymatda jarima belgilandi.

    Sportchi jarimani 30 kun ichida to‘lashi lozim. Aks holda jarima miqdori ikki karra oshiriladi va 3 ming dollar to‘lashi kerak bo‘ladi. Agar bu jarima ham to‘lanmasa, unda Davron Choriev futzalni tark etishiga to‘g‘ri keladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonlik futzalchilardan biri OFK tomonidan 1,5 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi