10:56 / 20.12.2016
5 801

Rauf Inileev Oliy liganing qaysi klubini boshqaradi?

Rauf Inileev Oliy liganing qaysi klubini boshqaradi?

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Rauf Inileev yangi mavsumni yangi klubda boshlaydigan bo‘ldi. Murabbiy endilikda faoliyatini Toshkentning «Obod» klubida olib boradi deb xabar bermoqda Tribuna.uz.

Manbaga ko‘ra, jamoa Rauf Inileev bilan bir yillik shartnomaga imzo chekkan. 21 dekabrdan boshlanadigan mashg‘ulotlarni aynan Rauf Talgatovich olib boradi.

Yangi mavsumga tayyorgarlikning birinchi bosqichi 21-28 dekabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng futbolchilar qisqa muddatli tanaffusga chiqadi. Yanvar oyining dastlabki kunlaridan boshlab tayyorgarlik yana Toshkentda davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiy 2007 yilda Osiyoning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rauf Inileev Oliy liganing qaysi klubini boshqaradi?