Mirjalol Qosimov: Guruh favoritimiz, guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritish qo‘limizdan keladi

  • 14 aprel 2015, 16:36
  • 4 566
  • Sport
  • Mirjalol Qosimov: Guruh favoritimiz, guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritish qo‘limizdan keladi

    Malayziya poytaxti – Kuala-Lumpur shahrida 14 aprel, seshanba kuni Osiyo qit’asi uchun futbol bo‘yicha Jahon Chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

    O‘FF matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qur’a natijalariga ko‘ra O‘zbekiston termasi Bahrayn, KXDR, Filippin va Yaman terma jamalari bilan birga “H” guruhidan o‘rin olgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov O‘FF matbuot xizmatiga qur’a yakunlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

    “Qur’a natijalaridan qoniqish hosil qildim. Biz nisbatan teng kuchli raqiblar yig‘ilgan guruhdan joy oldik, shu sababli qiziqarli o‘yinlar guvohiga aylanishimiz mumkin. Asosiy maqsadimiz – guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, JCh-2018 yo‘lidagi kurashni davom ettirish. Guruh favoriti ekanligimizdan kelib chiqib, ushbu vazifani uddalash qo‘limizdan keladi, deb o‘ylayman”, – dedi Mirjalol Qosimov.

    “Bahrayn – kuchli va bizga yaxshi tanish jamoa. Biz bu jamoa imkoniyatlarini va u taxminan qanday o‘ynashini bilamiz. KXDR terma jamoasi bilan ham bir necha bor to‘p surganmiz. Ular bilan o‘ynash oson emas, biroq bu jamoani mag‘lub etish mumkin va buni Avstraliyada bo‘lib o‘tgan so‘nggi Osiyo Kubogida ham ko‘rsata oldik. Filippin va Yaman haqida esa hozircha hech nima deya olmayman, chunki Filippin bilan hech duch kelmaganmiz, Yaman 90-yillarda ikki marta o‘ynaganmiz”, – deya qo‘shimcha qildi Mirjalol Qosimov.

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralashni Shimoliy Koreyaga qarshi safar o‘yini bilan boshlashiga e’tiborni qaratarkan, bosh murabbiy jumladan shunday dedi: “Birinchi o‘yin har doim qiyin bo‘ladi. Biroq istalgan musobaqani g‘alaba bilan boshlash muhim ahamiyatga ega. Bizda iqtidorli futbolchilardan tarkib topgan yaxshi jamoa bor. O‘ylaymanki, biz birinchi o‘yindayoq 3 ochko ishlay olamiz”, – dedi Qosimov.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Mirjalol Qosimov: Guruh favoritimiz, guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritish qo‘limizdan keladi