14:00 / 21.12.2016
5 376

«Shapekoense» samolyotining halokatidagi aybdorlar aniqlandi

«Shapekoense» samolyotining halokatidagi aybdorlar aniqlandi

Braziliyaning «Shapekoense» futbol klubi a’zolari va xodimlari uchayotgan samolyotning qulashi bilan bog‘liq hodisani o‘rgangan Boliviya hukumat komissiyasi tergov natijalarini e’lon qildi. Ularning fikricha, halokatga uchuvchi Migel Kiroga aybdor bo‘lgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

GloboEsporte ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchi belgilangan yo‘nalishdan chekingani sababli samolyotga parvozni yakunlash uchun yonilg‘i etmay qolgan. Samolyot soatiga 250 km tezlikda toqqa kelib urilgan.

Tergovning aniqlashicha, uchuvchining malakasi bu kabi parvozlarni amalga oshirish talabiga javob bermagan.

Kiroga etarli darajada parvoz soatiga ega bo‘lmagan, bu turdagi samolyotni yaxshi bilmagan, mehnatga joylashganida esa, yolg‘on ma’lumotlarni ham taqdim etgan bo‘lishi mumkin.

«Ushbu fojia yuzasidan bevosita javobgarlik LaMia idorasi va uchuvchi zimmasidadir», — deya Boliviya jamoat ishlari vaziri Klaros so‘zlarini keltiradi ABI agentligi.

Mazkur aviahalokat sababli Boliviya avianazorat boshqarmasining sobiq vakili Gustavo Vargas Vilegas hibsga olingan. U Kolumbiyada halokatga uchragan samolyotga lisenziya berishda o‘z xizmat lavozimidan foydalangan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, uning otasi va LaMia aviakompaniyasi rahbari Gustavo Vargas Gamboa ham qo‘lga olingan. Gumonlanuvchilarning ikkisi ham o‘z aybini tan olmayapti.

29 noyabrda Kolumbiyada sodir bo‘lgan aviahalokat oqibatida samolyot bortidagi 77 kishidan 71 kishi hayotdan ko‘z yumgan edi.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Shapekoense» samolyotining halokatidagi aybdorlar aniqlandi