Germaniyaning ikkinchi Bundesligasi "Union Berlin" va "Groyter Fyurt" jamoalari o‘rtasidagi o‘yini chog‘ida qiziq holat ro‘y berdi. Gap shundaki, unda urilgan gollardan biriga hakam sabab bo‘ldi. Uning videolavhasi 20 dekabr kuni Bundesliganing YouTube saytidagi rasmiy sahifasiga joylashtirildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Hakam Bibiana Shteynxaus o‘zi xohlamagan holda mehmon jamoaning gol urishida ishtirokchiga aylanib qoldi. "Union" himoyachisining to‘pni o‘z jarima maydonidan uzoqlashtirishga urinishi omadsizlikka uchragan: zarba hakamga tegib, to‘p "Groyter Fyurt" hujumchisi oyog‘iga kelib tushgan. U esa, qulay imkoniyatdan foydalanib, raqib darvozasi burchagini aniq nishonga ola bilgan.
"Union" o‘yinchilarining e’tirozlariga qaramay, hakam, golni hisoblashga qaror qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?