14:11 / 26.12.2016
6 198

Aytsam ishonmaysiz. Igor Sergeev Osiyoning eng kuchli 10 futbolchisi qatorida

Aytsam ishonmaysiz. Igor Sergeev Osiyoning eng kuchli 10 futbolchisi qatorida

Ikkinchi bor «Outside of the Boot» nashri tomonidan Osiyoning eng kuchli 10 futbolchisini aniqlash bo‘yicha e’lon qilgan ovoz berish jarayoni o‘z yakuniga etdi.

Asosan osiyolik va evropalik bir qator nufuzli jurnalistlar tomonidan berilgan ovozlarga ko‘ra tuzib chiqilgan ro‘yxatga hamyurtimiz Igor Sergeev ham kiritilgan. Terma jamoamiz hujumchisi kuchli o‘ntalikning sakkizinchi pog‘onasini band etgan.

Osiyoning eng kuchli 10 futbolchisi bilan tanishing

1. Umar Abdulrahmon (Al Ayn) – BAA

Ro‘yxatning eng yuqori o‘rnini 2016 yildagi Osiyoning eng yaxshi futbolchisi, BAA terma jamoasi a’zosi Umar Abdulrahmon egalladi.

2. Vu Ley (Shanhay SIPG) - Xitoy

Ikkinchi o‘rin esa Shanhay SIPG tarkibida Osiyo chempionlar ligasi o‘yinlari davomida 5 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan xitoylik Vu Leyga nasib qildi.

3. Ali Mabxut (Al Jazira) – BAA

Kuchli uchlikni BAA terma jamoasida 46 uchrashuvda 36 golga mualliflik qilgan hamda BAA chempionatida 2 bor «Oltin butsi» sohibi Ali Mabxut yakunlab bergan.

4. Serdar Azmun (Rostov) – Eron

5. Hammadi Ahmad (Al Javiya) – Iroq

6. Shinji Okazaki (Lester Siti) – Yaponiya

7. Son Xin Min (Tottenxem) – Janubiy Koreya

8. Igor Sergeev (Paxtakor - Beyjin Goan) – O‘zbekistan

9. Alirizo Jahonbaxsh (AZ Alkmar) – Eron

10. Ali Adnan (Udineze) - Iroq

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aytsam ishonmaysiz. Igor Sergeev Osiyoning eng kuchli 10 futbolchisi qatorida