5 825
Evropaning 27 ta axborot agentligi Krishtianu Ronalduni qit’ada yilning eng yaxshi sportchisi deb topdi
Evropa axborot agentliklari Portugaliya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi a’zosi Krishtianu Ronalduni 2016 yilning qit’adagi eng yaxshi sportchisi deb topdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.
Ovoz berish jarayonida Evropaning 27 ta axborot agentligi ishtirok etgan. Yakunda shotlandiyalik tennischi Endi Merriga Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi bo‘lish nasib qilgan. Vengriyalik suzuvchi qiz Katinka Xossu esa uchlikdan joy oldi.
Krishtianu Ronaldu yil yakunlariga ko‘ra «Oltin to‘p» sovrinini yutib oldi. Evropa Chempionlar Ligasida «Real» bilan, Evropa Chempionatida esa Portugaliya bilan zafar quchdi. Endi Merri esa dunyo tasnifida birinchi raketka hisoblanadi. Va nihoyat Katinka Xossu Rio—2016 Olimpiadasining suzish musobaqalarida 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, mashhurlik cho‘qqisiga chiqib olgandi.
Ma’lumot uchun, 27 ta axborot agentligining yilning Evropadagi eng yaxshi sportchisini aniqlash borasidagi yakdil ovozini to‘plash vazifasini 1958 yildan buyon Polshaning PAP agentligi o‘z zimmasiga olib keladi. Uning so‘rovnomasida ishtirok etadigan axborot agentliklari quyida keltirib o‘tilgan:
France Presse (Fransiya)
DPA (Germaniya)
SID (Germaniya)
Efe (Ispaniya)
ANP (Gollandiya)
SDA-ATS (Shveysariya)
Belga (Belgiya)
TASS (Rossiya)
CTK (Chexiya)
Lusa (Portugaliya)
PAP (Polsha)
Ukrinform (Ukraina)
APA (Avstriya)
BTA (Bolgariya)
Hina (Xorvatiya)
Leta (Latviya)
Elta (Litva)
Sita (Slovakiya)
Tanjug (Serbiya)
Agerpress (Ruminiya)
ATA (Albaniya)
Fena (Bosniya va Gersegovina)
BelTA (Belarus)
Moldpres (Moldova)
SHGSK (Kosovo)
STA (Sloveniya). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?