Toshkentning “Lokomotiv” futbol jamoasi tarkibida ikki nafar kot d’ivuarlik legionerlar ko‘rikdan o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik agentligi yozmoqda.
"Lokomotiv" 21 dekabrdan yangi mavsum oldidan ilk yig‘inini boshladi. Ayni paytda "temiryo‘lchilar" mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda.
Yig‘inda ko‘rikda bo‘lib turgan kot d’ivuarlik legionerlar – 23 yoshli markaziy himoyachi Muhammad Gnontcha Kone hamda 19 yoshli hujumchi Gnoxere Krizolar ham ishtirok etishmoqda. Bugungi mashg‘ulotda ikkala futbolchi ham qatnashdi. Ertaga jamoa murabbiylar shtabi bu futbolchilarning harakatlariga “Olmaliq”qa qarshi o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvida baho berib olish imkoniga ega bo‘lishadi.
Agar Kone hamda Krizoning harakatlari murabbiylarga ma’qul kelsa, ular jamoaning navbatdagi yig‘inlariga ham taklif etiladi.
Qayd etish joizki, Muhammad Kone ilgari Gresiya, Moldova, Kipr chempionatlarida o‘ynashga ulgurgan. Gnoxere Krizo esa Belarus va Moldova chempionatlarida harakat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!