Rossiyaning “Krasnodar” klubi va O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi Odil Axmedov “Oriyat dono” radiosiga bergan intervyusida kelasi yil Namangan viloyatida futbol akademiyasi ochish rejasi borligini xabar qildi, deb yozmoqda Sputnik agentligi.
Futbolchi aytishiga qaraganda, ushbu loyiha ustida Namangan viloyati hokimiyati bilan birgalikda ish olib borilmoqda.
“Oldin Vodiydan ko‘plab etuk futbolchilar chiqar edi, lekin hozir biz bu bilan mag‘rurlana olmaymiz. Shuning uchun ham, biz Namangan hokimi bilan birgalikda ushbu akademiyani ochmoqchimiz. Xudo xoxlasa kelasi yil yozda butun vodiy bo‘ylab yosh futbolchilar tanlovi o‘tkazamiz. Eng yaxshilarini biz akademiyamizga taklif qilamiz”, — dedi Odil Axmedov.
Asosiysi, biz qobiliyatli o‘yinchilarga diqqatni qaratmoqchimiz. Bilasizmi, yosh futbolchilar uchun asosiysi – bu bor kuch-g‘ayratini ayamaydigan ustoz. Afsuski, hozir bunday ustozlar kam. Bugungi kunda ko‘plab trenerlar bolalarga to‘p berib qo‘yib, shu bilan pul ishlamoqda. Shuning uchun ham biz akademiyaga tajribali chet ellik mutaxassilarni taklif qilmoqchimiz. Masalan, biz bu borada “Krasnodar” bilan allaqachon kelishib qo‘yganmiz. Chet ellik mutaxassislar o‘z tajribalarini yoshlar bilan baham ko‘rishadi. Undan tashqari bizning ham yosh mutaxasslarimiz boshqa mamlakatlarga borib tajriba orttirishlari mumkin. Menimcha, shunday yo‘l bilan kerakli natijaga erishishimiz mumkin, — deb qo‘shimcha qildi futbolchi.
Odil Axmedov, hozir buni tasavvur qila olmayotgan bo‘lsada, uning o‘zi ham bir kun kelib futbol treneri bo‘lib ishlashi mumkinligini ehtimoldan xoli qilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi