Babayan: Ahmedov «Krasnodar»dan ketmayman dedi

  • 29 dekabr 2016, 23:37
  • 4 070
  • Sport
  • Babayan: Ahmedov «Krasnodar»dan ketmayman dedi

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan terma jamoa sardori Odil Ahmedovning qishki transferlar vaqtida klubini o‘zgartirishi ehtimoli bo‘yicha fikr bildirib o‘tdi. Uning TASS muxbiriga aytishicha, futbolchi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni «Krasnodar»da o‘tkazadi.

    Bundan oldingi xabarlarda 29 yoshli ushbu futbolchi faoliyatini Xitoy jamoalaridan birida davom ettirishi haqida aytilayotgandi.

    «Ayni vaqtda Odil Ahmedov — O‘zbekiston terma jamoasining etakchi futbolchisi. U yuqori ambisiyali futbolchi. U o‘z o‘yini orqali „Krasnodar“ga foyda keltirmoqda. Men u bilan payshanba kuni gaplashdim va u menga o‘z jamoasini tark etish niyatida emasligini ma’lum qildi. U birozdan keyin „Krasnodar“ yig‘inlariga yo‘l oladi.

    Hozirda Odil matbuotda yozilganidek kurortda emas, Toshkentda ta’tilni o‘tkazmoqda», — degan Babayan.

    Odil Ahmedov 2014 yilda «Anji»dan «Krasnodar»ga o‘tgandi. U Rossiya chempionatining joriy mavsumida 16ta o‘yinda maydonga tushdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Babayan: Ahmedov «Krasnodar»dan ketmayman dedi