Odil Ahmedov rasman faoliyatini "Shanxay SIPG" klubida davom ettiradi

  • 30 dekabr 2016, 19:13
  • 4 742
  • Sport
  • Odil Ahmedov rasman faoliyatini "Shanxay SIPG" klubida davom ettiradi

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Rossiyaning "Krasnodar" klubini tark etdi.

    Bu haqida "Krasnodar" rasmiy sayti ma’lumotiga asoslanib, O‘zbekiston Futbol federasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Xabarda qayd etilishicha "Krasnodar" hamda Xitoyning "Shanxay SIPG" klublari 29 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi transferi borasida kelishuvga erishgan.

    Ahmedov 2014 yilda Rossiyaning boshqa bir klubi - "Anji"dan "Krasnodarga o‘tgan edi. Shu vaqt mobaynida Ahmedov "Krasnodor" tarkibida 101 rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 7 golga hamda 13ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

    Ta’kidlash kerakki, Xitoy klublarida, shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasining boshqa a’zolari - Anzur Ismoilov va Egor Krimes faoliyat yuritmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Odil Ahmedov rasman faoliyatini "Shanxay SIPG" klubida davom ettiradi