Braziliyaning “Shapekoense” klubi aviahalokatida omon qolgan futbolchilarning raqamlari ular jamoaga qaytishiga qadar ishlatilmaydi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.
“Shapekoense” rahbariyati seshanba kuni jamoaning 2017 yilga tayyorgarligi yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazdi. Klub prezidenti Plinio David de Nes uchta futbolchi bilan ijara kelishuvlari imzolangani haqida ma’lum qildi. Jamoa ijrochi direktori Ruy Koshta esa omon qolgan futbolchilarning o‘yin raqamlari hurmat belgisi sifatida ishlatilmasligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, bu holat klub o‘yinchilarning futbol va jamoaga tezroq qaytishiga umid bildirayotganidan darak beradi.
Aviahalokatda futbolchilar Alan Rushel, Neto va darvozabon Jekson Folmann tirik qolishdi.
Ma’lumot uchun, bortida “Shapekoense” o‘yinchilari va xodimlari bo‘lgan samolyot 29 noyabr kuni aviahalokatga uchradi. Jamoa Kolumbiyaga, Janubiy Amerika kubogi finalida mahalliy “Atletiko Nasonal” klubi bilan kuch sinashish uchun ketayotgan bo‘lgan. Aviahalokat natijasida 71 kishi halok bo‘ldi, olti inson, ulardan uchtasi – futbolchilar omon qoldi. Janubiy Amerika futbol konfederasiyasi 5 dekabr kuni “Shapekoense”ni Janubiy Amerika kubogi g‘olibi deb e’lon qildi. Shuningdek, jamoa halokatdan so‘ng ilk uchrashuvini 29 yanvar kuni o‘tkazishi ham xabar qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi