21:47 / 05.01.2017
5 744

Messi va Suarez Yaponiya televideniesida shou yulduziga aylandi

Messi va Suarez Yaponiya televideniesida shou yulduziga aylandi

«Barselona» jamoasi hujumchilari Lionel Messi va Luis Suarez Yaponiya televideniesidagi bir sinovda ishtirok etib, tomoshabinlarni hayratga soldi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Sinov shartlariga ko‘ra, futbolchilar bir-biriga olisdan to‘p uzatishi, bunda koptok erga tegishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim edi.

Futbolchilar paslar uzoqligini o‘lchovchi ulkan jadval oldida joylashgan ko‘yi shartni bajardi.

Messi va Suarez to‘p uzatishni to‘xtatmasdan bir-biridan uzoqlashib bordi. Natijada eng olis uzatish masofasi 56 metrni tashkil qildi.
[media=https://youtu.be/paO7GIUNroc]
Mazkur natija ushbu sinov uchun yangi rekord bo‘ldi. Eski rekord bundan 21 metrga qisqaroq bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi va Suarez Yaponiya televideniesida shou yulduziga aylandi