O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz ma’lum qildi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, MOQning yangi rahbari etib Alisher Sultonov tayinlangan. Endilikda sobiq rahbar Mirabror Usmonov qo‘mitaning faxriy prezidenti lavozimida qolgan.
Mirabror Usmonov bundan buyon O‘FF prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, 1967 yilda tug‘ilgan Alisher Sultonov 2013 yil noyabr oyidan buyon «O‘zbekneftgaz»ning Prognozlash, resurslar va investisiya dasturlari bosh boshqarmasi boshlig‘i — boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Alisher Sultonov 2013 yilning dekabrida Qarshining «Nasaf» jamoasiga direktor bo‘lgandi.
2015 yilning avgustida «O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi rahbari etib tayinlangandi. U bu rahbarlik lavozimini ham saqlab qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi