Germaniyaning «Bavariya» futbol klubi prezidenti Uli Xeness futbolchi va murabbiylar nemis tilida so‘zlashishi kerakligi haqida aytib, bunga rioya qilmaganlar jarimaga tortilishi haqida ogohlantirdi.
«‘Bavariya’ kiyim almashtirish xonasida nemis tili jarang sochishi kerak. Til — muloqot vositasi. Boshqacha bo‘lgan taqdirda kichik guruhbozliklar boshlanishi mumkin», — Xenessning so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Sports.ru».
Faqatgina fransuz yoki portugal tillarida so‘zlashish kamlik qiladi. Futbolchilar nemis tilini o‘rganishi va bu klub qoidasiga aylanishi kerak. Bunga bo‘ysunmaganlar jarimaga tortiladi.
Xohish bo‘lsa, chora topiladi. Ayrim futbolchilar bosh murabbiy Karlo Anchelottidan ibrat olishi lozim
Uli Xeness, «Bavariya» klubi prezidenti
Xohish bo‘lsa, chora topiladi. Ayrim futbolchilar bosh murabbiy Karlo Anchelottidan ibrat olishi lozim
Uli Xeness, «Bavariya» klubi prezidenti
Bild nashrining qayd etishicha, xorijlik futbolchilardan Aren Robben, Robert Levandovski va Anchelottining o‘g‘li Davide nemis tilida bemalol so‘zlasha oladi. Kingsli Koman hamda Renatu Sanshesh esa bu tilni hammadan ko‘ra yomonroq biladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi