FIFA eng yaxshi futbolchi uchun yangi sovringa asos soldi: The Best

  • 07 yanvar 2017, 11:40
  • 4 780
  • Sport
  • FIFA eng yaxshi futbolchi uchun yangi sovringa asos soldi: The Best

    Xalqaro futbol uyushmasi FIFA yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan sovrin taqdimotini o‘tkazdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

    Bunga qadar FIFA va France Football nashrlari birlashib, «Oltin to‘p» marosimini o‘tkazib kelar, unda yilning eng yaxshi futbolchisi uchun milliy terma jamoa murabbiylari va sardorlari ovoz berib kelardi.

    2016 yilga kelib esa France Football o‘zi asos solgan sovrinni FIFAdan alohida o‘tkazishga qaror qildi va jahonning etakchi nashrlari hamda jurnalistlari yordamida g‘olibni aniqladi. Unga ko‘ra Krishtianu Ronaldu faoliyati davomidagi to‘rtinchi «Oltin to‘p» bilan taqdirlandi.

    Shu tariqa FIFA tashkilot talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisini o‘zi aniqlaydigan bo‘ldi. Bu borada FIFA «Oltin to‘p» bilan raqobatlasha oladigan sovrin o‘ylab topishi kerak edi. Topildi: The Best.

    O‘zbek tiliga «Eng zo‘r» deb tarjima qilinadigan sovrin birinchi bo‘lib kimga nasib qilishi ma’lum emas. Bu borada FIFA terma jamoa murabbiylari va sardorlarining ovoziga suyanishda davom etadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » FIFA eng yaxshi futbolchi uchun yangi sovringa asos soldi: The Best