Suaresning goli “Barselona”ga “Valensiya” ustidan g‘alaba keltirdi

  • 18 aprel 2015, 23:06
  • 4 228
  • Sport
  • Suaresning goli “Barselona”ga “Valensiya” ustidan g‘alaba keltirdi

    Ispaniya chempinati 32-tur markaziy uchrashuvida “Barselona” o‘z uyida musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan “Valensiya”ni qabul qildi, deb yozadi Kun.uz.

    Uchrashuvning 1-daqiqasida Luis Suares Messi tomonidan uzatib berilgan to‘pni darvoza aniq yo‘llab, tezkor gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan biroz vaqt o‘tgach, o‘yinning 10-daqiqasida mehmonlar 11 metrlik jarima zarbasi ishlab oldi. Biroq jamoa sardori Parexo uni aniq amalga oshira olmadi. O‘yin so‘nggida hujumga zo‘r bergan “Valensiya” darvozasiga “Barselona” qarshi hujum bilan javob berdi. 94-daqiqada kiritilgan golga Messi mualliflik qildi.

    Bu g‘alabadan so‘ng “Barselona” 78 ochko to‘plagan holda “Real Madrid”dan 5 ochko oldinda bormoqda. Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” 32-turdagi o‘z o‘yinini “Malaga”ga qarshi o‘tkazadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Suaresning goli “Barselona”ga “Valensiya” ustidan g‘alaba keltirdi