Ispaniya La Ligasining 32 turi doirasida Madridning “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkazilgan “Real” va “Malaga” o‘rtasidagi uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi, deb yozadi Kun.uz.
Birinchi taymning o‘rtalarida Serxio Ramos hisobni ochdi. 67-daqiqada Krishtianu Ronaldu raqib darvozasiga belgilangan penaltidan unumli foydalana olmadi, ammo ikki daqiqadan so‘ng Xames Rodriges to‘plar farqini ikkitaga etkazdi.
71-daqiqada Xuanmi “Malaga”ning yagona to‘pini kiritib, farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo qo‘shib berilgan daqiqalarda Ronaldu yana bir gol urib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.
32 o‘yindan so‘ng “Real” 76 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Turnirni boshqarayotgan “Barselona” hisobida 78 ochko bor. “Malaga” esa 46 ochko bilan 7-o‘rinni band qilib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi