22:49 / 08.01.2017
4 869

Rio Olimpiadasi chempionlariga esdalik haykalchalari topshirildi

Rio Olimpiadasi chempionlariga esdalik haykalchalari topshirildi

Yaqinda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Olimpiada qo‘mitasi Bosh assambleyasi majlisi so‘nggida Rioda oltin medalga sazovor bo‘lgan O‘zbekistonlik sportchilarga esdalik haykalchalari topshirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi.

Bokschilar Hasanboy Do‘smatov, Shaxobiddin Zoirov, Fazliddin Goibnazarov va og‘ir atletikachi Ruslan Nuridinovlarga chempionlikni qo‘lga kiritgan lahzada o‘z qiyofalari tasvirlangan bronza haykalchalar topshirildi.

Esdalik haykalchalarini O‘zbekiston prezidenti nomidan bosh vazir Abdulla Aripov topshiridi. MOQ xabariga ko‘ra, ushbu haykalchalar "Ravshan Mirtajiev galereyasi" ustalari tomonidan yasalgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rio Olimpiadasi chempionlariga esdalik haykalchalari topshirildi