19:42 / 09.01.2017
5 505

Neymarning «Barselona»dagi golsiz seriyasi 11 ta o‘yinga etdi

Neymarning «Barselona»dagi golsiz seriyasi 11 ta o‘yinga etdi

"Barselona" hujumchisi Neymar Ispaniya chempionati doirasida "Vilyarreal"ga qarshi kechgan o‘yinda (1:1) gol urishning uddasidan chiqa olmadi.

Shu tariqa 24 yoshli hujumchining kataloniyaliklar safidagi golsiz seriyasi 11 ta o‘yinga etdi. Neymar oxirgi marta "Barselona" safidagi rasmiy o‘yinda 19 oktyabrda "Manchester Siti"ga qarshi EChL doirasida kechgan o‘yinda gol urgan edi (4:0).

Neymar 11 noyabrda Braziliya terma jamoasi safida JCh saralashi doirasida Argentinaga qarshi kechgan bahsda gol urgan (3:0). 13 dekabrda esa "Barselona" tarkibida "Al Ahli"ga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida gol kiritgan.

Neymar joriy mavsum Ispaniya chempionatida 14 o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urib, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymarning «Barselona»dagi golsiz seriyasi 11 ta o‘yinga etdi