17:30 / 09.01.2017
6 536

Bugun FIFA taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi

Bugun FIFA taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi

Bugun Syurixda FIFAning 2016 yil yakunlari bo‘yicha taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi.

Unga ko‘ra yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlanadi. Nomzodlar: Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Antuan Grizmann. G‘olib nomi terma jamoalar bosh murabbiylari, sardorlari, jurnalistlar va muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra aniqlanadi. Barcha soha vakillari g‘olib nomini aniqlash uchun 25 foizdan iborat o‘z ulushiga ega.

Shuningdek yilning eng yaxshi murabbiyi ham aniqlanadi. Nomzodlar: Klaudio Raneri, Farnendo Santush va Zinedin Zidan.

Marosim davomida eng yaxshi ayol futbolchi, eng chiroyli gol sohibi, feyr pley va eng yaxshi muxlis ham aniqlanadi. FIFA taqdimot marosimi Toshkent vaqti bilan soat 22.30 da boshlanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun FIFA taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi