23:12 / 09.01.2017
6 643

FIFA. «Barsa» va «Real» futbolchilari egallab olgan 2016 yilning ramziy terma jamoasiga APLdan hech kim kirmadi

FIFA. «Barsa» va «Real» futbolchilari egallab olgan 2016 yilning ramziy terma jamoasiga APLdan hech kim kirmadi

FIFA 2016 yilning ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Bu Syurixdagi yil yakunlariga bag‘ishlangan marosim vaqtida oshkor etildi, deb yozmoqda «Daryo» sayti.

Unga ko‘ra, yil ramziy terma jamoasidan Anliya Premer-ligasining birorta ham futbolchisi joy olmadi. «Real»ning 5, «Barselona»ning esa 4 nafar futbolchisi yil jamoasiga kiritildi. Shuningdek, «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer hamda «Yuventus» himoyachisi Daniel Alvesh ro‘yxatga qo‘shilgan.

«Barselona»ning ramziy terma jamoadan joy olgan Lionel Messi, Luis Suares, Herard Pike va Andres Inesta kabi futbolchilari Syurixdagi taqdirlash marosimiga tashrif buyurmadi. 11 yanvar kuni klub Ispaniya kubogi doirasida «Atletik»ni qabul qiladi. Safardagi bellashuv 1:2 hisobida boy berilgani uchun «Barselona» javob o‘yiniga jiddiy e’tibor qaratayotgani aytilgan.

«Real»ning ramziy terma jamoadan joy olgan barcha futbolchisi taqdirlash marosimi boshlovchilari bilan selfi tushdi: Krishtianu Ronaldu, Toni Kroos, Luka Modrich, Marselo hamda Serxio Ramos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA. «Barsa» va «Real» futbolchilari egallab olgan 2016 yilning ramziy terma jamoasiga APLdan hech kim kirmadi