00:28 / 10.01.2017
5 857

FIFA yil muxlislarini e’lon qildi

FIFA yil muxlislarini e’lon qildi

FIFA talqiniga ko‘ra 2016 yilning eng yaxshi muxlislari «Liverpul» va Dortmundning «Borussiya» jamoasi bo‘ldi.

14 aprel kuni «Liverpul» va «Borussiya» muxlislari Evropa Ligasining yarim finali doirasida kechgan uchrashuv vaqtida You'll never walk alone qo‘shig‘ini birga kuylashgandi. Bu aksiya «Hillsboro»dagi fojia vaqtida qurbon bo‘lgan «Liverpul»ning 96 nafar muxlisi xotirasiga bag‘ishlangandi. O‘shanda fojiaga 27 yil to‘lgandi.

Bu mukofot uchun Evropa chempionati vaqtida futbolga yangicha olqishlash uslubi olib kelgan Islandiya terma jamoasi muxlislari hamda «Ado Den Xaag» jamoasi muxlislari ham da’vogar bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA yil muxlislarini e’lon qildi