18:17 / 11.01.2017
5 396

Jahon chempionatida durang natijalar bo‘lmaydi. Futbol jamoatchiligi buni qanday qabul qilmoqda?

Jahon chempionatida durang natijalar bo‘lmaydi. Futbol jamoatchiligi buni qanday qabul qilmoqda?

Germaniya terma jamoasining sobiq sardori, «Bavariya» va «Chelsi» klubi sobiq yarimhimoyachisi Mixael Ballak FIFA tomonidan JCh ishtirokchilari soni 32tadan 48taga etkazilishiga munosabat bildirdi.

«Bu mas’uliyatsizlik belgisi. Ular futbolning rivojiga hujum qilishdi.

Albatta bu qaror bir ovozdan qo‘llab quvvatlandi», deya kinoyali izoh bergan Ballak.

Eslatib o‘tamiz, FIFA 2026 yildan boshlab jahon chempionatlarida ishtirok etuvchi jamoalar sonini 32tadan 48taga, guruhlar sonini esa 8tadan 16taga oshirilgani haqida qaror qabul qilgandi.

Hozircha yangi turnir qanday ko‘rinishda bo‘lishi noma’lumligicha qolmoqda. Terma jamoalar soni oshgani tufayli turnirga mezbonlik qiladigan davlatda stadionlar va mehmonxonalar etarlicha ko‘p bo‘lishi kerak. 2026 yilgi JCh mezboni bo‘lish uchun asosiy da’vogar AQSh hisoblanadi. Shuningdek, tarixda ilk marta mundial 3 davlat bo‘ylab o‘tkazilishi ham mumkin.

Guruhlarda durang natijalar bo‘lmaydi, asosiy vaqtda durang qayd etilsa, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlanadi, keyingi bosqichga 16 guruhdan 32 jamoa yo‘l oladi. Shu bilan birga FIFA turnir o‘tkaziladigan kunlar sonini o‘zgartirmaslik, dam olish kunlari avvalgidek qolishi hamda finalgacha 7ta o‘yin o‘tkazilishini ta’minlaydi.

2016 yilgi JCh reglamenti hozircha ishlab chiqilmagan, konfederasiyalarga nechtadan o‘rin ajratilishi ham noma’lum. Katta ehtimol bilan Afrika va Osiyo uchun ko‘proq o‘rin ajratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jahon chempionatida durang natijalar bo‘lmaydi. Futbol jamoatchiligi buni qanday qabul qilmoqda?