10:32 / 13.01.2017
5 261

“Real” “Barselona”ning rekordini yangiladi

“Real” “Barselona”ning rekordini yangiladi

Madridning “Real” futbol klubi Ispaniya kubogining 1/8 final javob bellashuvida “Sevilya” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi va mag‘lubiyatsiz uchrashuvlari sonini 40 taga etkazib oldi. Bu haqda "Kun.uz" xabar bermoqda.

Shu tariqa, Madrid klubi “Barselona” tomonidan Ispaniya klublari uchun o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Kataloniyaliklar 2015 yilning oktyabridan 2016 yilning martiga qadar 39 ta bahsda mag‘lubiyatga uchramagan edi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, “Real” “Sevilya” bilan uchrashuvda mag‘lubiyatga ham uchrashi mumkin edi - jamoa 83-daqiqagacha 1:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgandi, “qaymoqranglilar”ni qo‘shib berilgan vaqtda Karim Benzema qutqarib qoldi.
[media=https://youtu.be/a09bDZH4RSE]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real” “Barselona”ning rekordini yangiladi