00:15 / 21.04.2015
6 553

Luis Enrike: «Barselona» – Chempionlar ligasining favoriti emas, bizlar yarimfinalga chiqish uchun nomzodlarmiz»

Luis Enrike: «Barselona» – Chempionlar ligasining favoriti emas, bizlar yarimfinalga chiqish uchun nomzodlarmiz»

“Barselona” bosh murabbiysi Luis Enrike Chempionlar Ligasi nimchorak bosqichining “PSJ”ga qarshi o‘tkaziladigan javob bahsidan kutayotgan umidlari haqida o‘rtoqlashdi, deb yozadi Kun.uz.

“Parijliklar uchun birinchi uchrashuv salbiy ko‘rinish oldi. Ular o‘zlarining barcha imkoniyatlaridan foydalanib, yutishga harakat qiladilar.

Bizning maqsadimiz ham ravshan – bizlar bu o‘yinni yutishni istaymiz. Kimda yarimfinalga chiqishga ko‘proq imkoniyat borligi haqida biror so‘z aytolmayman. Shuni bilamanki, bizlar keyingi bosqichga chiqishimiz uchun yana bitta ajoyib o‘tkazishimiz kerak”, deb aytdi Enrike.

“Bizlar Chempionlar Ligasining favoritlari emas, balki yarimfinalga chiqish uchun nomzodlarmiz. Xuddi shu kabilarni “PSJ” va musobaqaning qolgan boshqa ishtirokchilari haqida aytish mumkin. Keyingi bosqichga faqatgina to‘rtta jamoa chiqadi, biroq barcha 8 jamoada Chempionlar Ligasida zafar quchishga imkoniyat bir xil.

Men bizning muxlislarimizdan jamoa bilan birga bo‘lishlarini so‘rayman, ular bizni yanada kuchliroq qiladi. Biz ularning qo‘llab-quvvatlashlariga ishonamiz.

Ibrohimovich qaytmoqda, biroq bu masalaning mohiyatini o‘zgartirmaydi. “PSJ” o‘ziga xos uslubda o‘ynaydi. Zlatan va Verratti – parijliklar uchun juda muhim o‘yinchilardir, shuning uchun “PSJ”ning individual o‘yin borasidagi mahorati oshadi.

Bizlar o‘yin rejasini o‘zgartirishimiz mumkin, biroq buni Ibra yoki Verrarti o‘ynagani uchun qilmaymiz. Ba’zida bizlar rejalarga alohida o‘yinchilar deb emas, balki raqibga ko‘proq muammo tug‘dirish maqsadida o‘zgartirishlar kiritamiz. Verrattini birinchi bor o‘yinda ko‘rganimdanoq u menga juda yoqib qolgan. U istalgan jamoada to‘p sura oladi”, – deb qo‘shimcha qilib o‘tdi “Barsa” bosh murabbiysi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yin 1:3 hisobida mehmonda “Barselona” foydasiga hal bo‘lgandi. Barselonada bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvi 21 aprelda Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike: «Barselona» – Chempionlar ligasining favoriti emas, bizlar yarimfinalga chiqish uchun nomzodlarmiz»