12:00 / 16.01.2017
5 633

"Real"ning 40 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga "Sevilya" chek qo‘ydi

"Real"ning 40 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga "Sevilya" chek qo‘ydi

Madridning "Real" klubi Ispaniya primerosi 16-turi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda "Sevilya"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa “Qirollik klubi”ning 40 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi. O‘z maydonida muxlislari qo‘llab-quvvatlashi orqali Stevan Yovetich (90) va Serxio Ramos (85) ning avtogollari evaziga g‘alaba qozongan sevilyaliklar Madrid klubining salkam bir yillik zafarli yurishiga chek qo‘yishdi. "Real" uchun Krishtianu Ronaldu (67)ning goli kamlik qildi.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi avvalgi uchrashuv, 12 yanvar kuni Ispaniya kubogi doirasida o‘tkazilib, unda durang qayd etilgandi – 3:3. Bu natija evaziga “Real” barcha turnirlarni qo‘shib hisoblaganda mag‘lubiyatsiz o‘yinlar soni bo‘yicha “Barselona” rekordini yangilagandi. Hozirga qadar hech bir klub 40 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya sohibi bo‘lmagan.
So‘nggi bor "Real" 2016 yil aprelida Chempionlar ligasi 1/4 finalida "Volfsbug" klubiga imkoniyatni boy bergandi - 0:2. O‘shandan beri madridliklar 30 bor zafar quchishdi va 10 marta raqiblari bilan murosa ko‘chasini tanladilar.
"Real" musobaqa jadvalida 17 uchrashuvdan keyin 40 ochko jamg‘argan holda etakchilik qilmoqda. Bu g‘alaba orqali "Sevilya" esa ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi (18 o‘yin, 39 ochko). Uchinchi o‘rinda esa "Barselona" (18 – 38) jamoasi ketmoqda.
Avvalgi rekordni qayd etgan «Barselona» 2015 yil oktyabridan 2016 yil martiga qadar ketma-ket 39 bahsda mag‘lubiyat nimaligini bilishmagandi.
Yana bir qiziq fakt, “Real” bundan atigi bir tur oldin, primeroning 15-turida ham rekord qayd etgandi. O‘shanda «Deportivo»ni mag‘lub etgan (3:2) Zayniddin Zidan shogirdlari mag‘lubiyatsiz seriyani 35 o‘yinga etkazib, 1989 yilda qayd etilgan 34 o‘yinlik o‘z rekordlarini yangilagandilar.

Manba: Vodiymedia.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real"ning 40 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasiga "Sevilya" chek qo‘ydi