14:41 / 17.01.2017
7 223

«Barselona» futbolchilari Messiga rad etilmaydigan taklif berilishini kutmoqdalar

«Barselona» futbolchilari Messiga rad etilmaydigan taklif berilishini kutmoqdalar

"Barselona" futbolchilari Lionel Messi jamoa bilan yangi shartnoma imzolashini kutmoqdalar.

Xabar qilinishicha, barcha futbolchilar kataloniyaliklar rahbariyati Messiga rad etib bo‘lmas taklif berishini istamoqdalar. Ularning fikriga ko‘ra Messiga taklif etiladigan maosh dunyoning eng kuchli futbolchisiga mos bo‘lishi lozim.

Ispaniyaliklar rahbariyati bir necha bor Messi "Barselona"da qolishni istashini biladilar. Garchi hujumchiga boshqa klublardan yuqori maosh taklif etilsada, lekin u "Barselona"da qolishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Messining "Barselona" bilan shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar davom etishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» futbolchilari Messiga rad etilmaydigan taklif berilishini kutmoqdalar