15:00 / 17.01.2017
5 994

«Manchester Siti» Messining transferi uchun qancha to‘lashga tayyorligi ma’lum bo‘ldi

«Manchester Siti» Messining transferi uchun qancha to‘lashga tayyorligi ma’lum bo‘ldi

«Manchester Siti» «Barselona»dan Lionel Messini 100 mln funt (taxminan 115 mln evro) evaziga sotib olmoqchi.

The Sun xabarida qayd etilishicha, inglizlar klubi hozircha rasman taklif bermagan, ammo muzokaralar davomida «shaharliklar» vakillari 29 yoshli bu futbolchi uchun aynan shuncha mablag‘ to‘lashga tayyorligi aytilgan.

Shuningdek, unga haftasiga 800 ming funt sterling miqdorida maosh tayinlanishi rejalashtirilgan. Bu orqali futbolchi dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishi mumkin bo‘ladi.

Qayd etish kerakki, agar bu transfer amalga oshsa, bu tarixdagi eng qimmatbaho transferga aylanadi.

Hozirda bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning yozida «Yuventus»dan «Manchester Yunayted»ga 89 mln funt (105 mln evro) evaziga transfer qilingan Pol Pogbaga tegishli hisoblanadi.

Messi kataloniyaliklar jamoasi safida 8 marta Ispaniya chempioni bo‘lishga ulgurgan. U shuningdek bu jamoa bilan 4 marta Ispaniya Kubogi va 4 marta Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi 24 uchrashuvda maydonga tushib, 27 gol urdi va 9 golga hammualliflik qildi.

U jamoa bilan mavjud shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» Messining transferi uchun qancha to‘lashga tayyorligi ma’lum bo‘ldi