21:54 / 20.01.2017
5 978

Fozil Musaev “Jubilo Ivata” a’zosi sifatida jurnalistlarga tanishtirildi

Fozil Musaev “Jubilo Ivata” a’zosi sifatida jurnalistlarga tanishtirildi

Yaponiyaning “Jubilo Ivata” jamoasi a’zosiga aylangan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Fozil Musaev yangi klub safida ilk mashg‘ulotlarini o‘tkazib, yaponiyalik jurnalistlarga tanishtirildi.

Tanishtiruv 19 yanvar, payshanba kuni klub bazasida bo‘lib o‘tdi. Shunday keyin Fozil Musaev jamoaning barcha futbolchilari bilan mashg‘ulotda ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilgi mavsumni Qarshining “Nasaf” klubi safida o‘tkazgan yarim himoyachi Yaponiya klublari safida to‘p suradigan o‘zbekistonlik birinchi futbolchi sifatida qayd etildi.

Ma’lumot uchun, “Jubilo Ivata” 1972 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Yaponiyaning eng sovrindor jamoalari ro‘yxatida uchinchi o‘rinni band etib turibdi. Jamoa uch marta (1997, 1999, 2002) J-Liga, uch bora mamlakat Superkubogi, ikki bora Yaponiya Kubogi, shuningdek, Imperator Kubogi g‘olibi bo‘lgan. 1999 yilda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fozil Musaev “Jubilo Ivata” a’zosi sifatida jurnalistlarga tanishtirildi