13:40 / 21.01.2017
6 284

Denis Istomin faoliyatida ilk bor Australian Open nimchorak finaliga chiqdi

Denis Istomin faoliyatida ilk bor Australian Open nimchorak finaliga chiqdi

Tennis bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi Australian Open–2017 musobaqasining uchinchi davrasida jahon reytingida 117-o‘rinda borayotgan o‘zbekistonlik Denis Istomin ispaniyalik tennischi, dunyoning 31-raketkasi Pablo Karreno Bustaga qarshi kortga chiqdi.

Uch yarim soat davom etgan bellashuvda Denis Istomin 5 setda – 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozonib, faoliyatida birinchi marta Australian Open turnirining nimchorak finaliga chiqdi.

Denis Istomin birinchi davrada xorvatiyalik Ivan Dodichni 4 setda – 6:1, 6:4, 3:6, 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ikkinchi davrada esa O‘zbekiston vakili dunyoning 2-raketkasi Novak Jokovichni sensasion tarzda taslim qilgandi.

30 yoshli tennischi nimchorak finalda bolgariyalik Grigor Dimitrov (15-raketka) va fransiyalik Rishar Gaske (18-raketka) uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin natijasidan qat’i nazar Istomin 165 ming dollar mukofot puliga ega bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Denis Istomin faoliyatida ilk bor Australian Open nimchorak finaliga chiqdi